SPORTSEVARLAR DIQQATIGA!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan ayol professor-o‘qituvchilari va xodimalar o‘rtasida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostidagi Basketbol sport musobaqasi tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.

Musobaqaning saralash o‘yini natijalariga ko‘ra institutning San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

✔️Endi navbat – FINAL o‘yiniga!

🏀 Joriy yilning 23-may sanasida bo‘lib o‘tadigan Final o‘yinida institutning g‘olib jamoasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi bilan o‘zaro kuch sinashadi.

✅ Barcha sportsevarlarni shiddatli final o‘yinida kutib qolamiz!