FAXRLI MAGISTRANTLAR

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan “Ochiq osmon ostidagi muzey” mavzusidagi badiiy, ijodiy asarlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada institut magistranti, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, miniatyurachi rassom Nilufar Ahmadaliyeva ham o‘zining ijodkorlik asarlari bilan faol ishtirok etdi.

✔️Iste’dodli va tashabbuskor magistrantimiz barcha ishtirokchilar qatorida badiiy ko‘rgazmani tashkil etganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.