Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan til o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish va o‘qitish
sifatini yaxshilashga erishish maqsadida “ESP – Empowering Students to Progress” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.






Xalqaro konferensiyada xorijiy tashkilotlar vakillari, respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining yetakchi soha olimlari, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, ekspertlar qatorida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “O’zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Gulnora Azizova hamda kafedra o‘qituvchisi Sevara Jumayevalar ham ishtirok etishdi.
Mazkur xalqaro konferensiyada xorijiy til ta’limi, xorijiy tillarni o‘qitish usullari, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning yechimlarini topish kabi masalalar muhokama qilindi.