⚜️Toshkentda ilk bor “Turk dunyosi talabalar teatr festivali” bo‘lib o‘tmoqda!

Festival 22-26 may kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lib o‘tadi

Mazkur festivalga sozandalik, xalq ijodiyoti, aktorlik va boshqa yo‘nalishlarda tahsil oladigan faol va mahoratli talabalar saralab olingan bo‘lib, festival doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy sa’nat fakulteti tyutorlari Zarina Maxmatqulova va Salomat Isakulovlar boshchiligida bir guruh talabalar o‘zlarining mahorat darslari bilan faol ishtirok etismoqda.

Ma’lumot o‘rnida festivalda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Turkiya davlatlaridan talabalar ishtirok etadi. Shuningdek, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Xitoy va boshqa mamlakatlardan mutaxassislar tashrifi ham kutilmoqda.