Abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlari diqqatiga.

Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2023-yilning 27-iyul sanasidan 1-avgust sanasiga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi. Joriy yilning 2-avgust zahira kuni hisoblanadi.

Abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarga qalam, mo‘yqalam, bo‘yoq kabi zaruriy vositalar (bunda qog‘oz va loy institut tomonidan beriladi) bilan birgalikda, albatta, SHAXSINI TASDIQLOVCHI HUJJAT (PASPORT) hamda ABITURIYENT VARAQASI bilan kelishlari shart.

MRDI Matbuot xizmati