IMTIHON JARAYONLARI — 2-KUN!

Bugun – 28-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 2-kuni o‘z yakuniga yetdi. 

Imtihon davomida institut rektori Abbosjon Mirzorahimov, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Elyor Mullajanovlar ijodiy imtihon jarayonlarini bevosita kuzatib borishdi. Shuningdek institut rektori Abbosjon Mirzorahimov abiturentlarning ota-onalari bilan qabul jarayonlari hamda ijodiy imtihonning o‘ziga xos tartib-qoidalari haqida suhbatlashib, har bir iste’dodli yosh vaqtdan yutqazmagan holda hayotda o‘z yo‘lini topishi kerakligini, aynan 2023-yil shunday ezgu maqsad bilan institutda abiturentlarni qabul qilish soni ikki barobarga ko‘paytirilganini, bu esa umid bilan o‘qishga hujjat topshirgan yoshlarimiz uchun katta imkoniyat ekanligini alohida ta’kidladi.