QABUL-2023

2023/2023 o‘quv yiliga abituriyentlarni qabul qilish maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o‘tkazilayotgan Kasbiy (ijodiy) imtihonlar doirasida institutda “CALL-MARKAZ” ham tinimsiz o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Call-markaz texnik kotibalari Gulchehraxon Kobilova hamda Shoira Rahimovalar abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, savollariga tezkor javob berish hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berish maqsadida samarali faoliyat olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan bogʻliq oʻzingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan quyidagi telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin: 
(+99871) 255-88-06, (+99871) 254-64-12, (+99871) 255-96-67