⚜️TANISHUV DARSLARI⚜️
⚡️Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetida “Birinchi bosqich maktabi” tadbirlari doirasida “Muzeyshunoslik” kafedrasi oʻqituvchilari Feruza Hasanova, Umidjon Alimov va Suhrob Qayumovlar boshchiligida 1-bosqich talabalari Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga borishdi.
⚡️Sayohat davomida talabalarga “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” muzeyi ekspozisiyasiga namoyishga qo‘yilgan Ikkinchi jahon urushi davri tarixiga oid 2020-2023 yillarda to‘plangan muzey ashyolari hozirgi kunda 13 mingdan ortiq ekanligi, ilmiy xodimlar tomonidan hozirda ularni ilmiy o‘rganish, o‘rnatilgan tartibda fondlarga ajratish, skanerlash, raqamli bazasini yaratish, bosqichma-bosqich ekspozisiyaga namoyishga qo‘yish kabi murakkab vazifalar amalga oshirilayotganligi haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.
✍🏻MRDI Matbuot xizmati
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100008788397942) | Telegram (https://t.me/mrdi24yangiliklar) | Web-sayt (https://mrdi.uz/language/uz/)