✨TALABA-QIZLAR UCHUN YANGI STIPENDIYA!✨

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bakalavriat bosqichi ikkinchi va uchinchi kurslarida tahsil olayotgan, o‘quv semestri mutaxassislik fanlarini a’lo baholar bilan yakunlagan iqtidorli talaba-qizlar о‘rtasida “SHAMSIRO‘Y HASANOVA STIPENDIYASI” uchun tanlov e’lon qiladi!


Stipendiya tanloviga hujjatlar quyidagi yо‘nalishlarda qabul qilinadi:

Rangtasvir (turlari bo‘yicha);

Grafika (turlari bo‘yicha);

Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha);

Amaliy san’at (turlari bo‘yicha);

Dizayn (turlari bo‘yicha);

San’atshunoslik, muzeyshunoslik, menejment (turlari bo‘yicha)


Barcha hujjatlar yig‘majildga joylangan holda taqdim etiladi


Stipendiyaga zarur hujjatlar dekanatlar tomonidan qabul qilinmoqda.


Hujjatlar — 2023-yilning 15-sentabr sanasiga qadar fakultetlar hamda institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limida qabul qilinadi.