HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Ozarbayjon Davlat badiiy akademiyasi prorektori, Ozarbayjon xalq rassomi, Ozarbayjon rassomlar uyushmasi kotibi, professor Salxab Mamedov, uning hamkasblari Ozarbayjon Milliy san’at muzeyi direktori, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Chingiz Farzaliyev, Ozarbayjon Davlat badiiy akademiyasi xalqaro hamkorliklar bo‘limi boshlig‘i Kenul Rafiyeva hamda professor Araz Osmanovlar tashrif buyurishdi

Institut rektori Abbosjon Mirzorahimov boshchiligida institutimizning bir qator professor-ustozlari Kamola Akilova, Javlon Umarbekov, Oybek Qosimov, Kamola Nishonоva hamda dekanlar, kafedra mudirlari ishtirokida mehmonlar bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar institut binolari, ustaxonalar hamda galereyalari bilan tanishib chiqishdi.

Tadbir so‘nggida Ozarbayjon Davlat badiiy akademiyasi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va ikki tomon kelishuviga erishildi.