e’lon

(https://www.facebook.com/eduuzofficial)Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti hamkorlikdagi “To‘qimachilik sohasidagi qahramonlar” kreativ onlayn tanlovini e‘lon qiladi.

GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti) va GOPA konsalting kompaniyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda sizni ijodiy onlayn tanlovda ishtirok etishga va qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritishga taklif qiladi.

Tanlovda qatnashish shartlari:
▪️to‘qimachilik sohasining ishchi kasblari (ip yigiruvchi, tikuvchi, andozalar tayyorlovchi, texnik-texnolog, montajchi, elektron texnika asboblarini sozlovchi)da mehnat qilayotgan insonlarni topishga harakat qiling;
▫️ular haqida qisqa hajmli (3 daqiqagacha) video-rolik tayyorlang yoki qiziqarli post yozing;
▪️tayyorlangan rolik yoki postingizni ijtimoiy tarmoq orqali #Protextileuz xeshtegi (Hashtag) bilan ulashing.

Ushbu tanlovda ishtirok etishni istagan har bir kishi qatnashishi mumkin. Yosh bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi elektron pochta manzili yoki raqamlarga bog‘laning: Feruza Alikulova, alisherovna3@gmail.com +998994041499.

Tanlov muddati: 2023-yil 10-oktabrgacha.