✨ADIBLAR XIYOBONIDA DARS MASHG‘ULOTI✨

Adiblar xiyoboni bog‘ majmuasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Dilnoza Egamberdiyeva kalendar reja asosidagi Ingliz tili fanini noan’anaviy tarzda tabiat bag‘rida tashkil qildi.

“Alisher Navoi — famous people of Central Asia” mavzusidagi dars mashg‘ulotida Amaliy san’at fakultetining Badiiy zargarlik va Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Qiziqarli dars mashg‘ulotlari davomida talabalar Navoiyning hayoti va ijodi to‘g‘risida gapirishdi, g‘azal va ruboiylarini ingliz tilidagi tarjimalarini o‘qishdi.

✨Tabiat bag‘rida tashkil etilayotgan ushbu noan’anaviy darslar talaba-yoshlar tomonidan o‘zgacha ruhiyat va kayfiyatda qarshi olinmoqda.

✨ADIBLAR XIYOBONIDA DARS MASHG‘ULOTI✨

Adiblar xiyoboni bog‘ majmuasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Dilnoza Egamberdiyeva kalendar reja asosidagi Ingliz tili fanini noan'anaviy tarzda tabiat bag‘rida tashkil qildi.