MAHALLALARDA IJODIY TO’GARAKLAR TASHKIL ETILDI

🔰 Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga biriktirilgan mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda…

✅ Yakkasaroy tumanida joylashgan Damariq mahallasi Amaliy san’at fakultetiga biriktirilgan bo‘lib, hamkorlik doirasida “Amaliy san’at to‘garagi” tashkil etildi. Darslar haftaning seshanba va juma kunlari bo‘lib o‘tmoqda.

♻️ Kuni kecha ushbu to‘garakning ilk mashg‘ulotlari o‘tkazildi hamda ushbu darslar mahalla ahli va yoshlarida katta qiziqish uyg‘otdi.