TAYINLOV!


О‘zbekiston Badiiy akademiyasining tegishli buyrug‘iga asosan Nishanova Kamola Solijon qizi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.


K.Nishonova 1978-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Mazkur institutni muzeyshunos mutaxassisligi bо‘yicha tamomlagan, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.


Kamola Nishonova O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligida Bosh mutaxassis, Kamoliddin Behzod memorial bog‘ muzeyida Miniatyura bо‘limi boshlig‘i, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Muzeyshunoslik” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.


Tayinlovga qadar institutning “Muzeyshunoslik” kafedrasi professori lavozimida pedagogik faoliyatini olib borgan.