Ruminiyaning О‘zbekistondagi elchixonasi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida abstrakt haykaltaroshlik san’atining asoschisi Konstantin Brankuzi ijodiga bag‘ishlab iste’dodli yosh rassomlar о‘rtasida otkazilayotgan kо‘rik-tanlov uchun ijodiy ishlar qabuliga — 9 kun qoldi!

Tanlov uchun ijodiy ishlar 15-fevralga qadar quyidagi shartlar asosida qabul qilinadi:
haykaltarosh Konstantin Brankuzining yaratgan asarlari asosida institutda tashkil etilgan foto kо‘rgazmadagi ishlaridan birini tanlash;
uning ijodidan ilhomlanib rangtasvirda ijodiy ish yaratish.

Kо‘rik-tanlov g‘oliblari 2024-yil 19-fevral kuni Ruminiyaning О‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan munosib taqdirlanadi.