Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori OTM rahbarlari ishtirokidagi o‘quv-seminarda ishtirok etmoqda

Ayni damda Farg‘ona davlat universitetida Prezidentimizning 2023-yil Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida hayʼat yigʻilishi va «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bosh maqsadimiz» mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda.

 

Unda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzoraximov ham ishtirok etmoqda.

 

Seminar doirasida OTM rahbarlari Farg‘ona davlat universiteti faoliyati hamda pedogogika va psixologiya fakulteti uchun qurilgan yangi bino bilan tanishdi.