“Xalqaro teatr kuni”ga bag‘ishlab Axborot resurs markazida tadbir tashkil etildi

Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Zero, san’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi.

1961-yilda Yunesko huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Vena shahrida o‘tkazilgan IX kongressda 27-mart “Xalqaro teatr kuni” sifatida ta’sis etilgan.

Shu munosabat bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Axborot resurs markazi hamda “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida tadbir tashkil etildi.

Tadbirga san’atshunoslik fanlari doktori, professor Dilafruz Qodirova mehmon sifatida ishtirok etib, mamlakatimizda boshqa san’at turlari singari teatr san’atini rivojlantirish, o‘ziga xos an’analarini asrab-avaylash va yanada boyitish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.