QALQON

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamkorligida “Oliy ta’lim muassasalarida “Oliy ta’lim beshligi”ni tashkil etish hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi 2024-yil 26-dekabrdagi 55-Q/Q-sonli Qo‘shma  farmon” ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida institutning “Qalqon” jamoatchilik guruhlari a’zolariga maxsus kiyimlar topshirildi. Bu kiyimlar guruh a’zolarining faoliyatini yanada samarali tashkil etish va ularning jamoatchilik ishlaridagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi. “Qalqon” jamoatchilik guruhlari yoshlarning vatanparvarlik ruhini oshirish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Shuni ta’kidlash joizki, “Qalqon” jamoatchilik guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida tashkil etilgan. Ushbu guruhlar oliy ta’lim muassasalarida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Institutda tashkil etilgan tadbirda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari a’zolariga maxsus kiyimlar topshirilishi ularning tashkiliy jihatdan mustahkamlanishiga va faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, talaba-yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashdagi ishtirokini kuchaytiradi.