TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig‘i:  

QAYTAROV XASAN SHONAZAROVICH

Lavozimi: Bo’lim boshlig‘i

Qabul vaqti: Payshanba:  10:00 – 12:00

Telefon: (+998 90) 345-82-78

E- mail: Shoshiy@mail.ru

BO'LIM HAQIDA

Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, bevosita institut tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5 maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-76-son Farmoni 7 bandi (v) kichik bandiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil
6 avgustdagi «O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasipi oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimini joriy etish to‘g‘risida» gi VMQ 498-sonli Qarori 4 bandiga asosan faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

BO‘LIMNING ASOSIY MAQSADI

Taʼlim sifatini nazorat qilish (TSNQ) boʻlimining asosiy maqsadi “MRDI” talabalari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini oʻrganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, “MRDI”ni ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va uning natijalari boʻyicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini koʻrishdan iborat.

TSNQ BOʻLIMINING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT

taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning davlat taʼlim standartlari (DTS), malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari, ishchi oʻquv rejalar va fanning ishchi dasturlari bilan taʼminlanganligi hamda oʻzaro muvofiqligini tahlil etish;

“MRDI”da taʼlim jarayoni sifatini, uning oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish;

talabalar bilimini baholash jarayonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonlari va natijalarining xolisligi va shaffofligini oʻrganish;

talabalar bilimini tanlanma asosida aniqlash uchun qoʻshimcha ravishda nazorat ishlarini oʻtkazish (mazkur nazorat natijasi talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichida aks etmaydi), natijalarni tahlil qilish, taʼlim sifatiga taʼsir koʻrsatgan omillarni aniqlash jarayonlarini tashkillashtirish;

“MRDI” dekanatlari tomonidan shakllantiriladigan dars jadvallarini optimallashtirishda ishtirok etish;

Har bir fan boʻyicha dars mashgʻulotlarini tahlil qilish va “MRDI”rektoriga maʼlumotlar berib borish;

talabalar davomati va professor-oʻqituvchilarning darsga munosabatini monitoringini olib borish;

baholash natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va ularning natijalari yuzasidan “MRDI” kengashida hamda rektor yigʻilishida hisobotlar berib borish;

bitiruvchilarning bilim darajasini oʻrganish maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari hujjatlari bilan tanishish;

tashkiliy-huquqiy va metodik koʻrsatmalar asosida taʼlim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilishni tashkil etish;

“MRDI”ni ichki attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “MRDI”rektoriga taqdim etish;

taʼlim sifatini belgilovchi koʻrsatkichlarning holatini monitoring qilish, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan “MRDI” rektoriga takliflar berish;

taʼlim sifatini oshirish maqsadida professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

“MRDI”ning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, boʻlim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni oʻtkazish, tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha “MRDI” rahbariyatiga takliflar kiritish;

“MRDI”professor-oʻqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tayyorlashdan oʻtganligini yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini oʻrganish va xulosalarni MRDI”rektoriga maʼlum qilish;

taʼlim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;

“MRDI”da talabalar amaliyotining taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olgan holda tashkil etilganligi va uning samarasini nazorat qilish;

“MRDI” reytingini aniqlash, baholash, attestatsiya va taʼlim sifatini oʻrganish bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;

“MRDI” dagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, professor-oʻqituvchi va kadrlar isteʼmolchilari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;

bitiruvchilarning taʼlimni keyingi bosqichiga oʻqishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qilishda ishtirok etish;

respublika va xorijiy davlatlardagi taʼlim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy oʻrganib borish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

“MRDI” reytingini xalqaro darajaga koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlashda faol ishtirok etish;

“MRDI” tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan hamda oʻquv seminarlari va treninglarni oʻtkazish;

“MRDI” da ichki jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qoʻyilgan vazifalar doirasida seminar mashgʻulotlarini muntazam ravishda oʻtkazib borish;

 taʼlim sifati holatini oʻrganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni “MRDI” rahbariyatiga taqdim etish.