TA’LIM SIFATINI NAZORAT QILISH

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig‘i:   Abdullayev Obidjon Oripovich

Lavozimi: Bo’lim boshlig‘i

Qabul vaqti:  Seshanba, Payshanba (14:00-15:00)

Telefon:  71255-92-18

E- mail: 

Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

 

         O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi.

         Qarorning 14-bandida Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi qarordan kelib chiqib Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida  “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi”  tashkil qilindi.

         Bo‘limning asosiy maqsadi ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Institutning milliy va xalqaro reytingini oshirish yo‘nalishida ishlarni muvofiqlashtirish va olib borish, institutning va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirishning yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratiladi.

         Institutda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va institutdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

         Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va institut rektorining  buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.

BO'LIM NIZOMI