5 iyun – Xalqaro atrof-muhit kuni munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish qо‘mitasi tashabbusi bilan bir qancha tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizda ajoyib tadbir hamda konsert tashkil etildi.
Ushbu tadbirning yanada kо‘tarinki о‘tishi uchun bevosita Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ham munosib hissa qо‘shdi. Jumladan, Tasviriy san’at fakultetining 15 nafar talaba-yoshlari «Mening yashil О‘zbekistonim» loyiha doirasida yurtimizning gо‘zal tabiat manzaralari aks etgan ijodiy asar yaratdilar. Ushbu asarlarda yurtimiz tabiatining neg sо‘lim joylari, shuningdek, tabiatni asrashni targ‘ib etuvchi ramziy ifodalar о‘z aksini topdi hamda tadbir mehmonlari va tashkilotchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunlariga kо‘ra Kenjaboyev Asadbek uchinchi hamda Makatova Madina ikkinchi о‘ringa munosib kо‘rilgan bо‘lsa, Masharipov Islombek birinchi darajali diplomga sazovor bо‘ldi.