О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrda “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini ta’sis etish tо‘g‘risida”gi 691-son qaroriga asosan, Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasiga institutning 18 nafar iqtidorli talabalari tomonidan hujjatlar taqdim etildi.
Institut rektorining 2022-yil 19-maydagi 111-sonli ichki buyrug‘iga asosan, Nizom talablari asosida ushbu hujjatlarni kо‘rib chiqish uchun ishchi guruh tarkibi shakllantirildi. Joriy yilning 7-iyun kuni ishchi guruh quyidagi:
– dastgohli rangtasvir;
– rangtasvir (turlari bо‘yicha);
– grafika va miniatyura;
– haykaltaroshlik (turlari bо‘yicha);
– amaliy san’at (turlari bо‘yicha);
– dizayn (turlari bо‘yicha);
– san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bо‘yicha)
yо‘nalishlar bо‘yicha talabgorlardan kelib tushgan yig‘ma hujjalarni о‘rganib, keyingi bosqichga taqdim etdilar.