Shuhratli manzillar – san’atsevar yoshlar dargohida!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shuhrat Orif va taniqli estrada xonandasi Shuhrat Daryo ishtirokidagi ijodiy kecha tashkil etildi. “Shuhratli manzillar” nomli ushbu ijodiy kecha institutning she’riyat va san’atga oshno barcha talaba-yoshlarini birlashtirdi. Tadbirda fakultet xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi, Muzeyshunoslik kafedrasi о‘qituvchisi Feruza Hasanova sо‘zga chiqib, tashrif buyurgan mehmonlarni talaba-yoshlarga tanishtirib о‘tdi.

Tadbir mobaynida, shoir Shuhrat Orif va xonanda Shuhrat Daryoning ijodiy namunalaridan bahramand bо‘lish bilan bir qatorda, iste’dodli talabalarning yozgan she’rlaridan ham namunalar tinglandi. О‘tkazilgan ijodiy kecha institutda tahsil olib, bir vaqtning о‘zida badiiy ijod bilan shug‘ullanayotgan yosh shoirlarga, xususan Erkinjon Hojimamatov, Mahliyo Umurzaqova, Yangiljon Saburova, Durdona Ochildiyeva va Ilmira Ahrorova kabi iste’dod egalariga ma’naviy rag‘bat berdi va ularni yangi ijodiy marralarga undadi desak, mubolag‘a bо‘lmaydi.

Ijodiy kecha yakunida, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Botir Sangirov bu kabi madaniy-badiiy tadbirlar talaba-yoshlarning ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi hamda ijodiy dunyoqarashlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shoir Shuhrat Orif va xonanda Shuhrat Daryoning ijodiy hamkorligi qalblarda rosmana “Shuhratli manzillar”ni barpo qildi.