Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Bugun – 1-avgust kuni:
1. Professional ta’lim: rangtasvir (dastgohli)
2. Rangtasvir: mahobatli rangtasvir
3. Rangtasvir: dastgohli
4. Haykaltaroshlik: mahobatli
5. Haykaltarosholik: mayda plastika
6. Rangtasvir: teatr-bezak rantasviri
7. Rangtasvir: filmning tasviriy yechimi
8. Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, institut rektori Abbosjon Mirzorahimov, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Baxtiyor Nazarov hamda O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Alisher Aliqulovlar mazkur jarayonlarni bevosita kuzatib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonlarini https://mrdi.uz/imtihon-translatsiya/ hamda http://live.mrdi.uz havolasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri (onlayn) kuzatib borishingiz mumkin.