Prezident farmoniga muvofiq, institut dotsenti Pirmatov Serik “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti “Amaliy grafika va badiiy fotografiya” kafedrasi dotsenti Pirmatov Serik  “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

 

Serik Pirmatov 1963-yilda Sirdaryo viloyati Baxt shahrida tavallud topgan. 1992 yilda Toshkent davlat san’ati institutini tamomlagan.  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Faxriy orden muborak bo‘lsin!

 

MRDI Matbuot xizmati