Diqqat, xushxabar!

Diqqat, xushxabar!

Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga 2022/2023 o‘quv yili qabuli bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnomaga muvofiq:

70210401 – Dizayn: intererni loyihalash ta’lim yo‘nalishiga grant asosida Prezident stipendiyasi sohibasi Axmadjonova Kamolaxon Abror qizi;

 

70210401 – Dizayn: libos va gazlamalar ta’lim yo‘nalishiga grant asosida Xorijiy til bo‘yicha B2 sertifikati sohibasi O‘roqova Iroda To‘ychi qizi;

 

70210602 – Xattotlik va miniatyura ta’lim yo‘nalishiga grant asosida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Axmadaliyeva Nilufar Qobuljon qizi;

 

70210602 – Xattotlik va miniatyura ta’lim yo‘nalishiga grant asosida “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi” sovrindori Hoshimova Dilshoda Baxshilo qizi;

 

70210602 – Xattotlik va miniatyura ta’lim yo‘nalishiga grant asosida Xorijiy til bo‘yicha B2 sertifikati sohibasi Mo‘minova Mehriniso Habibjon qizi;

 

70210701 – Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga grant asosida “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi” sovrindori Axmedov Tohirjon Baxodirjon o‘g‘li;

 

70211003 – San’at tarixi va naxariyasi (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga grant asosida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” sohibasi Norchayeva Madina Norchayevna;

 

70211003 – San’at tarixi va naxariyasi (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga grant asosida Xorijiy til bo‘yicha S1 sertifikati sohibasi Abdullayeva Dinara Baxramdjanovna;

 

70211004 – Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ta’lim yo‘nalishiga grant asosida “Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi” sohibasi Umurzakova Maxliyoxon Mo‘sajon qizi;

 

70211004 – Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ta’lim yo‘nalishiga grant asosida Xorijiy til bo‘yicha B2 sertifikati sohibasi Jabborova Gavharshod Tulqinjonovna;

 

70210802 – San’at asarlari va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash ta’lim yo‘nalishiga grant asosida “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi” sovrindori Musirmonov Tursunmurod Bahodir o‘g‘li magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi.

 

Institut rahbariyati ushbu talabalarning kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaydi!