“Talabalar oqshomi” ma’naviy-badiiy kechasining navbatdagi soni tashkil etildi.

16-sentabr kuni institut Talabalar turar joyida navbatdagi “Talabalar oqshomi” ma’naviy-badiiy kechasi tashkil etildi.

 

Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning dars mashg‘ulotlaridan bо‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, turli kо‘ngilochar uchrashuvlar, tadbirlar va badiiy kechalarni о‘tkazish an’ana tusiga aylangan.

 

Bugun institut Talabalar turar joyida yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” ijrosi yuzasidan xalqimizning sevimli jamoasiga aylanib ulgurgan “Shapaloq” hajviy jamoasi ishtirokida ma’naviy-badiiy kecha tashkil etildi. “О‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tashabbusi bilan о‘tkazilgan mazkur tadbir hafta mobaynida dars mashg‘ulotlaridan biroz toliqqan talaba-yoshlarga madaniy zavq ulashish, kayfiyatlarini yanada kо‘tarish va ular о‘rtasida о‘zaro dо‘stlik, birodarlik tuyg‘ularini yanada kamol tortirish maqsadida о‘tkazildi. Ma’naviy-badiiy kecha talabalar tomonidan iliq taassurotlar bilan qarshi olindi.

О‘zlarining satirik chiqishlari bilan barchaning qalbidan chuqur joy egallagan jamoa a’zolari kecha mobaynida talabalar hayotiga oid turli-tuman hajviy sahna kо‘rinishlarini namoyish qilishdi.

Ma’naviy-badiiy kecha yakunida institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi boshlig‘i Ozoda Hakimova sо‘zga chiqib, ushbu kechani samarali tashkil etishda faol ishtirok etgan jamoa a’zolariga samimiy dil izhorlarini bildirar ekan, institut rahbariyatining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

 

Talaba-yoshlarning bо‘sh vaqtlarini maroqli о‘tkazishlari uchun о‘quv yilining har bir haftasida “Talabalar oqshomi” tadbirlarini yuqori shukuhda о‘tkazilishi yuzasidan tashkil etilayotgan ma’naviy-badiiy kechalar davom etadi.

 

 

MRDI Matbuot xizmati