Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti dekani Yulduz Narziyeva boshchiligida fakultet tyutorlari G‘olib Jо‘rayev, Alibek Nazarov, Behzod Alimardonov hamda San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tyutori Sarvarbek Musurmonovlar Sergeli tumanidagi “Toshkent Index” majmuasida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning yashash sharoitlari, yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi va talabalarning istak-xohishlarini о‘rganishdi.
Ma’lumot о‘rnida mazkur majmuada institutning 23 nafar о‘g‘il, 17 nafar qiz bola talabalari istiqomat qilib kelishmoqda.
MRDI Matbuot xizmati