“Vazir kubogi” respublika sport musobaqasining institut saralash o‘yinlari bo’lib o’tdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining sportga oshno talabalari o‘rtasida 12-oktabr sanasida “Tasvir” sport klubi bilan o‘tkazilgan “Vazir kubogi” respublika sport musobaqasining institut saralash o‘yinlari natijalari bilan tanishing.

⚽️ 1 o‘yin bo‘yicha:

Tasviriy san’at fakulteti hamda San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti talabalari o‘zaro kuch sinashdi. 

🏆 Unda 8 : 2 hisobida Tasviriy san’at fakulteti ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

⚡ O‘yin to‘p urarlari – Ernazar Kenjayev – 5 ta, Turdimurod Abdusalov – 3 ta.

⚽ 2 o‘yin bo‘yicha:

Tasviriy san’at fakulteti hamda Amaliy san’at va dizayn fakulteti o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Tasviriy san’at fakulteti 7 : 1 hisobida  g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va institut birinchiligini egalladi.

 

⚡ O‘yin to‘p urarlari – Ernazar Kenjayev – 3 ta, Turdimurod Abdusalov – 3 ta, Abdulaziz Ortiqmirzayev – 1 ta.

⚽ 3 o‘yin bo‘yicha:

 

Ushbu o‘yinda San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti hamda Amaliy san’at va dizayn fakulteti o‘rtasida saralash o‘yinlari o‘tkazildi.

 

🏆 Unda Amaliy san’at va dizayn fakulteti 3 : 2 hisobda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

⚡ O‘yin to‘p urarlari – Sardor Xonsaidov – 2 ta, Foziljon Qo‘shoqov – 2 ta,  Farrux Alimov – 1 ta.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Vazir kubogi” respublika sport musobaqasining institut saralash bosqichida:

 

🏅Eng yaxshi darvozabon – Ulug‘bek Istamtoshev;

 

🏅Eng yaxshi hujumchilar – Ernazar Kenjayev, Turdimurod Abdusalomov, Yashnar Karimov, Mirzaqodir Raimqulov;

 

🏅Eng yaxshi yarim himoyachilar – Azamat Nizomiddinov, Laziz Zubaydullayev, Abdulaziz Ortiqmirzayev;

 

🏅Eng yaxshi himoyachilar – Ibrohim Nuriddinov va Farrux Omonovlar deb topildi.   

 

MRDI Matbuot xizmati