Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bо‘yicha respublika komissiyasi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qо‘mitasi, О‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qо‘mitasi hamda Oila va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Yil ayoli – 2022” Respublika milliy tanlovining Mirobod tuman saralash bosqichida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining professor-о‘qituvchilari ham alohida e’tirof etilgan holda mazkur nominatsiyalar bо‘yicha ishtirok etishdi.
“Grafika” kafedrasi dotsenti Safi Mari Aleksandrovna – “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi bо‘yicha;
“О‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi о‘qituvchisi Qobilova Gulchehraxon – “О‘z kasbining ustasi bо‘lgan yil ayoli” nominatsiyasi bо‘yicha;
“О‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi о‘qituvchisi Jumayeva Sevara – “Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi bо‘yicha saralandi va maxsus tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Tanlov natijalari tez kunlarda e’lon qilinadi!
Ishtirok etayotgan barcha professor-о‘qituvchilarimizga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.