“Volontyorlar markazi”ning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda berilgan ustuvor topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan “Volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirishga qaratilgan harakatlar dasturi” tasdiqlangan.

Mazkur dasturga muvofiq kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Volontyorlar markazi”ni tashkil etish yuzasidan uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-585-sonli qonuni qabul qilingan.

Tashkil etilgan uchrashuv tadbirida “O‘zbekiston Volontyorlari assotsiatsiyasi” mentori Elyor Abdug‘aniyev ishtirok etib, Volontyorlik faoliyatining mazmun-mohiyati va rivojlanayotgan jamiyatimizdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni berib o‘tdi. Ma’lumot o‘rnida aytish o‘rinliki, volontyorlik bu har qanday shaxslarning manfaatlarini ko‘zlagan holda bepul va ixtiyoriy amalga oshiriladi. Bugungi kunda 80 dan ortiq mamlakatlarda yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud. Ko‘ngillilar sektori jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy bo‘lagini tashkil etadi.