Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi yoshlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish, hozirda talab yuqori boʻlgan kasb hunarlarni oʻz ichiga olgan “E-kasb” onlayn platformasi bilan tanishtirish va yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “E-kasb” onlayn platformasi bilan tanishtirish mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening Yoshlar ishlari agentligi tasarrufidagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi marketologi, trener Hasanov Javohir Halilovich tomonidan olib borildi. Trening mobaynida, talaba-yoshlar uchun Tadbirkorlikka ilk qadam mavzusida ochiq muloqot jarayonida, biznes va tadbirkorlik sohasiga qiziqayotgan talabalarning savollariga atroflicha javoblar berildi.