Bugun 2022-yil 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi oʻqituvchisi Nigora Haydarovaning 17.00.03 – Kino sanʼati. Televideniye ixtisosligi boʻyicha “Oʻzbekiston animatsiya sanʼatining asosiy tamoyillari” mavzusida sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzorahimovlar ishtirok etishdi.