Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 328-maktabdа Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti “Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash” yo’nalishi 4-bosqich talabasi Husenova Zarina tomonidan o‘quvchi qizlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Mohir qo‘llar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu mahorat darsida kashtachilik san’ati, kashta tikish texnologiyalari haqida tushunchalar berib o’tildi. Shuningdek, Zarina tomonidan o‘quvchilarga kashtachilik sirlari amaliy tarzda mohirona ko‘rsatib berildi. Maktab o‘quvchilari ushbu mahorat darsiga katta qiziqish bildirgan holda faol ishtirok etishdi.
Tadbir so‘ngida maktab ma’muriyati Zarina Husenovaga minnatdorchilik bildirib, uni tashakkurnoma bilan taqdirlashdi.