Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Yoshlar hayotida besh muhim tashabbus” shiori ostida tashkil etilayotgan “Talabalar festivali”ning ilk kuni sportsevar yoshlarni jamlagan tadbirlar bilan boshlandi! “Festival kubogi – 2022” doirasida talaba-qizlar o’rtasida sportning Voleybol turi bo’yicha qizg’in bahslarga boy musobaqalar o’tkazildi.
San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti va Amaliy san’at va dizayn fakulteti jamoalari o’rtasidagi o’yin natijalariga ko’ra 2 : 1 hisobda Amaliy san’at va dizayn fakulteti jamoasi g’alaba qozondi. Tasviriy san’at fakulteti va Amaliy san’at va dizayn fakulteti jamoalari o’rtasida o’tkazilgan ikkinchi o’yinda 2 : 1 hisobida Tasviriy san’at fakulteti jamoasi g’alaba qozondi.
“Festival kubogi – 2022” voleybol sport musobaqasining yakuniy natijalariga ko’ra:
Tasviriy san’at fakulteti – 1-o’rin
Amaliy san’at va dizayn fakulteti – 2-o’rin
San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti – faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Shuningdek, ayni vaqtda festival doirasida talaba-yigitlar o’rtasida Futbol sport turidan musobaqalar ham bo’lib o’tmoqda.