15-noyabr sanasida Sergey Borodin uy-muzeyida “Jajji mohir qo’llar” nomli rangtasvir hamda amaliy san’at turlari bo’yicha mahorat darslari tashkil etildi. Mazkur mahorat darsida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti talabalari – Pardayev Ma’rufbek, Makatova Madina, Meliqo’ziyeva Sarvinoz va Ravshanova Adibaxonlar Toshkent shahar Bektemir tumani 291-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o’quvchilariga rangtasvir hamda haykaltaroshlik san’at turlari bo’yicha mahorat darslarini o‘tishdi.