Talabalar turar joyida navbatdagi “Talabalar oqshomi”
8-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Tasviriy sanʼat fakulteti tyutorlari – Ozod Saidov, Salomat Isaqulova, Nilufar Abdullayeva hamda Doniyor Mulladjanovlar tashabbusi bilan Talabalar turar joyida navbatdagi “Talabalar oqshomi” doirasida “Bayroq – iftixor ramzi” deb nomlangan rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan 30 nafar talaba tomonidan iftixorimiz timsoliga aylangan bayrogʻimizga bagʻishlangan, uning maʼnolari aks etgan bir-biridan farq qiluvchi rasmlar taqdim etildi.
“Grafika” kafedrasi mudiri Jamshid Rashidov berilgan qisqa vaqt davomida yaratilgan bu ijod namunalari toʻgʻrisida fikr bildirar ekan, ularni baholashda asosiy eʼtiborni gʻoya va mavzuni qanchalik teran aks ettira olinganiga qaratilganini taʼkidladi.
Tanlov yakuniga koʻra 4 nafar talaba gʻolib deb topildi hamda ularga sovgʻalar taqdim etildi. Taʼkidlash oʻrinliki, ushbu tadbirning tashkil etilishida Amaliy sanʼat va dizayn fakulteti tyutorlari – G‘olib Jo‘rayev, Javlon Akkulov, Alibek Nazarovlar yaqindan hamkorlik qilishdi.