Teatr – tarbiya va ma’naviyat maskanidir!

Respublikamizda so‘nggi yillarda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, Yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion

rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti jamoasi xususan, Ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo’yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Botir Sangirov, Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Ravshan Norchayev, Magistratura bo’limi boshlig’i Ma’mura Umarxodjayeva, dekanlar Yulduz Narziyeva va Sayyora Saidova, dekan o’rinbosarlari Nigoraxon Sodiqova va Salim Madartov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Obidjon Oripov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Ozoda Hakimova, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i Suhrob Qurbonov, kafedra mudirlari va institut tyutorlari bilan birgalikda 70 nafardan ortiq talaba-yoshlar O‘zbekiston davlat Satira teatrida bo’lib, teatr jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Jamila” spektaklini tomosha qilishdi.