“Iqtidorli talabalar haftaligi” doirasidagi tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi.
Mazkur haftalik doirasida “Eng yaxshi amaliy san’at asari” tanlovi, “Eng yaxshi interyer loyihasi” tanlovi va “Talabalik davrim” mavzusidagi foto va video tanlovlar tashkil etilib, unda nafaqat institut talabalari, balki respublikamizning turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar ham faol qatnashishdi. Bu esa tanlovlarning yanada qizg‘in o‘tishiga sabab bo‘ldi. Tanlovlarda 100 ga yaqin talabalar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.
“ENG YAXSHI AMALIY SAN’AT ASARI” tanlovi g‘oliblari:
1-o‘rin (399 ta оvoz) Jasur Sobirjonov – San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi;
2-o‘rin (336 ta оvoz) Barno Narzullayeva – Tasviriy san’at fakulteti 2-bosqich talabasi;
“TALABALIK DAVRIM” mavzusida o‘tkazilgan foto tanlov g’oliblari:
1-o‘rin (112 ta оvoz) Nilufar To‘ychiyeva – San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi;
2-o‘rin (90 ta оvoz) Nodira Karimova – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 2-bosqich magistranti;
3-o‘rin (74 ta оvoz) Feruzaxon Saydalimova – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 1-bosqich talabasi.
“TALABALIK DAVRIM” mavzusida o‘tkazilgan video tanlov g’oliblari:
1-o‘rin (70 ta оvoz) Diyora Tilavova – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 1-bosqich talabasi;
2-o‘rin (67 ta оvoz) Feruzaxon Saydalimova – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 1-bosqich talabasi;
3-o‘rin (33 ta оvoz) Marjona Davronova – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 4-bosqich talabasi.
“ENG YAXSHI INTERYER LOYIHASI” tanlovi g‘oliblari:
1-o‘rin (99 ta оvoz) G‘ulomjon Saparbayev – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 4-bosqich talabasi;
2-o‘rin (33 ta оvoz) Diyora Abdullayeva – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 3-bosqich talabasi;
3-o‘rin (30 ta оvoz) Ibrohim Qodirov – Amaliy san’at va dizayn fakulteti 2-bosqich talabasi.
Shuningdek, taqdirlash marosimi mobaynida Westminister Universiteti qoshidagi “Yuksalish” milliy harakati bilan hamkorlikda BMTning O‘zbekistondagi 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Yoshlar ijodida aks etgan barqaror rivojlanish” birinchi SDG badiiy ko‘rgazmasida o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etgan talabalar ham tanlov sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.
Barcha taqdirlangan talaba-yoshlarimizni samimiy muborakbod etgan holda ijodiy parvozlar tilab qolamiz.