⚡️Toshkentda Uzbekistan Fashion Week-Digital III

Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida  Uzbekistan Fashion Week-Digital III mavsumi bo‘lib o‘tdi. Uzbekistan Fashion Week  – bu xalqaro miqyosidagi ijodiy loyiha bo‘lib, u professional dizaynerlarga ham, yosh dizaynerlarga ham o‘z kolleksiyalarini namoyish qilishdek noyob imkoniyatni taqdim etdi. Quvonarlisi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti 3-bosqich talabasi Fazliddin Anvarov ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishida katta hissa qo’shib,  tashkilotchilar safidan joy oldi.  Yana bir jihati shundaki uning eskizlari asosida yaratilgan sahna dekoratsiyalari kelgan mehmon va ishtirokchilar katta taassurotlar qoldirdi.

Uzbekistan Fashion Week-Digital III mavsumini “O‘zbekistonning eng yaxshi yosh dizayneri unvoni” nomli tanlov ochib berdi.  Dastur davomida milliy ko‘ylaklar namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.  Unda mamlakatimiz dizaynerlari, shuningdek,  tojik modasi maestrosi Umed Kuchkaliyev ishtirok etdi. Markaziy Osiyoning yetakchi brendi – Anor (Dilnoza Umirzоqova) brendini Liil (Ozod Xurramov) bilan kollaboratsiyada namoyish etilishi dasturning eksklyuziv voqeasi bo‘ldi. Tadbir davomida mehmonlar yangi formatdagi  shoudan bahramand bo‘lishdi. Unda Anor brendidan hasham va lyuksning tanish bo‘lgan uyg‘unligi bilan birga yoshlar kolleksiyasi ham taqdim etildi. 

 

Mazkur tadbirda institutning Amaliy sanʼat va dizayn fakulteti dekani Yulduz Narziyeva boshchiligida fakultet talaba-qizlari ham faol ishtirok  etib, o‘z iqtidorlarini ishtirokchilarga namoyish etishdi. Institut jamoasi nomidan iste’dodli talabalarimizga ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!