SPORT – SALOMATLIK GAROVI!

Mohiyatan, sport salomatlik garovi ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Shu bois, mamlakatimizda sport bilan shug’ullanish ommaviy tus olmoqda. Sog’lom turmush tarziga amal qilayotgan yurtdoshlarimiz soni kunsayin ko’payib borayotgani ham fikrimiz dalili. Prezidentimizning “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-sonli Farmoni esa bu boradagi harakatlarimizga yangi ruh bag’ishladi. Shu munosabat bilan noyabr oyi mobaynida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Kasaba uyushmasi qo’mitasi tashabbusi bilan institut professor-o’qituvchilari vа ishchi-xodimlari o’rtasida “Sport – salomatlik garovi” bosh g’oyasiga asoslangan sport musobaqalari yuqori shukuhda tashkil etildi. Sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo’yicha o’tkazilgan bellashuvlar qizg’in, murosasiz va do’stona tarzda kechdi.
Musobaqalarda munosib ishtirok etgan g’olib va sovrindorlar esa institut Kasaba uyushmasi qo’mitasining qimmatbaxo sovg’alari bilan mukofotlanishdi.
🏐 VOLEYBOL sport turi bo‘yicha (erkaklar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Amaliy san’at va dizayn fakulteti jamoa vakillari Fayzulla Kabilov, Feruz Islamov, Akmaljon O‘lmasov, Komiljon Siddiqov, Javlon Akkulovlar faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
🏐 VOLEYBOL sport turi bo‘yicha (erkaklar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli Tasviriy san’at fakulteti jamoa vakillari Alisher Alikulov, Shuhrat Abdumalikov, Anvar Usmonov, Mirjalol Xoliqov, Ilxomjon Halilov, Jamoliddin Tuyakovlar faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. 🏐 VOLEYBOL sport turi bo‘yicha (ayollar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti jamoa vakillari: Sevara Jumaeva, Dilfuza Hamidova, Fazilat Turg‘unova, Gulnora Amanxo‘jaeva, Hurshida Hayitboboeva, Sojida Irgashevalar faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
🏓 STOL TENNISI sport turi bo‘yicha (erkaklar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada: Anvar Usmonov faxrli 1-o’rinni, Ahrorxon Musinov faxrli 2-o’rinni va Dilshod Haytmetov faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
🏓 STOL TENNISI sport turi bo‘yicha (ayollar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada: Fazilat Turg‘unova faxrli 1-o’rinni, Ozoda Hakimova faxrli 2-o’rinni, Salomat Isaqulova faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
♟SHAXMAT sport turi bo‘yicha (ayollar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada: Naima Shukurullaeva faxrli 1-o’rinni, Komila Turobova faxrli 2-o’rinni, Nasiba Sadikova faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
♟SHAXMAT sport turi bo‘yicha (erkaklar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa Doniyor Mulladjanov faxrli 1-o’rinni, Jamshid Rashidov faxrli 2-o’rinni, Husan Jo‘raqulov faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
♟SHASHKA sport turi bo‘yicha (ayollar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada: Sayyora Saidova faxrli 1-o’rinni, Kamola Nishanova faxrli 2-o’rinni, Jasur Ahmedov faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
♟SHASHKA sport turi bo‘yicha (erkaklar) o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa G‘olib Jo‘raev faxrli 1-o’rinni, Jamoliddin Tuyakov faxrli 2-o’rinni, Kuranbay Matmuradov faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritdi

🔰 Mazkur sport tadbirini o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad professor-o’qituvchi va xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularning sog’liklarini sport orqali yanada mustahkamlash hamda jismoniy madaniyatni aholi o’rtasida keng ommalashtirishdan iboratdir.