Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingan edi. Kuni kecha ushbu tanlov g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birtinchi prorektori Botir Sangirov ochib berdi va bu tanlovning asosiy maqsadi– talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirish, huquqiy savodxonligini oshirish, “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash” tamoyili asosida yoshlarning davlat qonunlarini hurmat qilishga, burch va majburiyatlarini vijdonan bajarishga o‘rgatishdan iborat ekanligini, tanlovga ishtirok etgan ijodiy ishlarda ayni shu mavzular aks etganini, bu kabi tanlovlarning tashkil etilishi yoshlar uchun ulkan tajriba bo‘lib xizmat qilishini, institut rahbariyati har bir talabaning ijodiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.