Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda “Ona madhi” nomli ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi. Kuni kecha mazkur tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Faxrli tomoni tanlovda “Eng yaxshi esse” yoʻnalishida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Sanʼat nazariyasi va tarixi mutaxassisligi bo‘yicha birinchi bosqich magistranti Madina Norchayeva faxrli 1-oʻrin sohibasi bo‘ldi. Madina Norchayevani gʻoliblik bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi ijodiy va ilmiy ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz