Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentyabrdagi 550-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2022-yil 16-maydagi 01-10/148 sonli buyrugʻiga muvofiq “Kitob karvoni” loyihasi asosida institut talabalari uchun “Yoshlar kutubxonasi” burchagi uchun 100 ta badiiy kitob Amaliy sanʼat va dizayn fakultetiga, elektron kitoblar esa Olmachi 32-uyda joylashgan 21-sonli Talabalar turar joyi binosiga taqdim etildi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis Elyor Gʻoyipov, Yoshlar ishlari agentligi Mirobod tumani boʻlim boshligʻi Yoqubjon Kamolovlar ishtirok etishdi. Tadbirni fakultet dekani Yulduz Narziyeva ochib berdi. Tadbir soʻngida mehmonlarga institut rektorining tashakkurnomasi hamda sovgʻalari taqdim etildi.