Kuni kecha O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi rahbariyati hamda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti professori Muhammad Irfan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda zargarlik sohasini rivojlantirish va buning uchun sohada ta’lim berish tizimini xalqaro standartlarga asoslangan yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Tashrif chog‘ida mutaxassislar Amaliy san’at fakultetida faoliyat yuritayotgan “Badiiy zargarlik”, “Badiiy kulolchilik”, “Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” mutaxassisliklarining faoliyati bilan yaqinda tanishdilar.