O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning 2023-yil 20-yanvardagi tegishli topshirig‘iga muvofiq poytaxtimiz bo‘ylab “Vatan manzumasi” mavzusidagi adabiy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun “Turkiston” san’at saroyida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining yoshlar yetakchisi Jamoliddin Sa’dullayev, Dizayn fakultetining Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nigora Sodiqova va fakultet tyutori G‘olibjon Jo‘rayev boshchiligida institutning iste’dodli va faol talaba-yoshlari ham munosib ishtirok etishdi. Vatan ishqi va vatanparvarlik kayfiyatida tashkil etilayotgan konsert dasturidan talabalar ma’naviy dam olishlari bilan bir qatorda, yetuk shoirlar qalamiga mansub she’riy chiqishlardan ham bahramand bo‘lishdi.