⚜️ILMIY FAOLIYAT YO‘LIDA⚜️

Ma’lumki, jahon san’atshunoslik ilmida ssenografiyaning shakllanish va rivojlanish bosqichlaridagi muammolarni o‘rganish, asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, ssenografiyalar faoliyatidagi uslubiy o‘zgarish va izlanishlarni tadqiq etishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu sababdan bugun, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi PhD.38/09.07.2020.San.119.01 – raqamli ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarda  institut tayanch doktoranti Imankulova Inobat Mahkambayevnaning “O‘zbekiston zamonaviy ssenografiyasining asosiy tendensiyalari” (musiqali teatrlar misolida) mavzusida 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati ixtisosligidagi San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya seminari tashkil etildi.

Tadqiqotlarda ssenografiya san’atida makon masalasi va badiiy an’analarning roli, zamonaviy sahna texnikasining o‘ziga xosligi hamda plastik tafakkurning ta’siri kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

 Ilmiy seminarda qizg‘in davom etgan savol-javoblar, munozaralar, takliflarga ko‘ra  tadqiqotchi bir ovozdan keyingi bosqichga o‘tishga tavsiya etildi.