Kuni kecha Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti, Mahobatli rangtasvir kafedrasi professori, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning “Mangulikdagi chiziq” nomli shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
✨Ko‘rgazmada so‘zga shiqqan taniqli ijodkorlar, ustoz-professorlar o‘zbek tasviriy san’atining shakllanishi, unda Bahodir Jalolov ijodining ahamiyati, bugugi o‘zbek va jahon mahobatli rangtasvir yo‘nalishida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida ko‘plab qiziqarli va muhim ma’lumotlarni aytib o‘tishdi.
✨Koʻrgazmada bir qator mehmonlar qatorida institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Hasan Qaytarov ham so‘zga chiqib, isteʼdodli va serqirra rassomning shaxsiy koʻrgazmasi hamda qutlug‘ 75 yoshi bilan muborakbod etib, institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning samimiy tabrigini bildirdi.
⚜️MA’LUMOT O‘RNIDA:
Jalolov Bahodir Fazletdinovich 1948-yil 27-may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1974-yil I.Ye.Repin nomidagi Rangtasvir, haykaltaroshlik va me’morchilik institutining rangtasvirchi-rassom yo‘nalishini tugatgan. Shundan so‘ng uzoq yillar turli lavozimlarda faoliyat olib borish barobarida o‘z ijodi bilan o‘zbek rangtasviri rivojiga munosib hissa qo‘shgan. 1998-yildan hozirgi vaqtgacha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Mahobatli rangtasvir kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.