✨IJODIY DAVRA UCHRASHUVI✨

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Dizayn fakultetida iste’dodli yosh dizayner, mazkur institutning sobiq talabasi Gulyuz Umarova bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv mobaynida dizayner tomonidan talaba yoshlarga ushbu sohaning sir asrorlari haqida muhim maslahatlar berib o‘tildi. Ma’lumot o‘rnida aytish o‘rinligi Gulyuz Umarova mazkur institutda tahsil olib yurgan vaqtlaridayoq o‘zining professional ijodiy faoliyatini boshlagan bo‘lib “Art week style uz” xalqaro modalar haftaligining yetakchi dizaynerlaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda dizayner o‘zining “Fashion studio atelye”sini hamda dizaynerlik shourumini ochgan bo‘lib milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan ijod namunalari el ardog‘idagi san’atkor va suxandonlar orasida tan olingan.

✨Bu kabi ijodiy uchrashuvlar talaba-yoshlar uchun o‘zgacha mahorat maktabi bo‘lishi shubhasiz.