Ma’lumki, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da nishonlanadigan Navro‘z bayrami arafasida ona zamin va tabiatni asrab-avaylash, obodonlashtirish va kо‘kalamzorlashtirish ishlari an’ana tusiga aylangan.
Inson va tabiat o‘zaro uyg‘un yashaydigan ekotizim, ekotsivilizatsiya yaratish — Navro‘zning da’vatkor g‘oyalaridan biri. “Yashil makon” umummilliy loyihasi ham aynan shu maqsadga qaratilgani bejiz emas.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzoraximov va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati ishtirokida “Yangi O‘zbekiston — yangi ekomakon” shiori ostida institut hovlisiga ko‘chatlar ekildi.


